Geologiya fanlari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish, ularni turli yot g‘oyalar va zararli oqimlardan asrash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi mas’ul xodimi Abdug‘affor Qayumov tashrif buyurib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U o‘z so‘zida bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, diniy savodxonlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar oldilar. Muloqot jarayonida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning mustaqil fikrlashi hamda sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Print Friendly, PDF & Email