“Uzbekistan GTL” MChJda “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir davomida korxonaning tajribali xodimlari,…
2026-yil 25-mart kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Markaziy apparat xodimlari lanka tepish, tosh ko‘tarish bo‘yicha yakkalik bahslarida, shuningdek jamoaviy tarzda ayollar o‘rtasida estafeta hamda erkaklar o‘rtasida arqon tortishda o‘zaro bahs yuritdilar.
Dastlab estafeta bahslarida ayollar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar va g‘olib jamoalarga sovg‘alar berildi.
Erkaklar o‘rtasida tosh ko‘tarishda A.Umaraliyev g‘olib chiqdi, M.Abdukarimov, Sh.Abdualimov mos ravishda 2-3-o‘rinlarni egallashdi. Lanka tepishda 1-o‘rin A.Namozovga, 2-o‘rin S.Azimov va 3-o‘rin Sh.Alimovga nasib etdi.
Arqon tortish jamoaviy musobaqalarida “Matonat” jamoasi 1-, “Liderlar” jamoasi 2- hamda “Kalmarlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladilar. G‘olib va sovrindorlarga Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari – vaucherlar topshirildi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: