Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
“Yangi-Angren IES” aksiyadorlik jamiyatida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi ushbu shodiyona korxona ishchi-xodimlarini birlashtirib, samimiy muhitda o‘tdi.
Tadbir davomida qadimiy an’analarimizdan biri bo‘lgan sumalak sayli tashkil etilib, xodimlar ishtirokida sumalak tayyorlandi. Bu jarayon o‘ziga xos mehr-oqibat, hamjihatlik va birdamlik timsoli sifatida barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, osh chempionati o‘tkazilib, unda turli bo‘lim va sex jamoalari o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Har bir jamoa milliy taomimiz – oshni tayyorlashda o‘ziga xos uslub va did bilan qatnashib, hakamlar va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Bayram dasturida turli xil an’anaviy marosimlar, milliy urf-odatlar aks etgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar Navro‘zning asl mohiyatini – yangilanish, mehr-oqibat va inson qadri ulug‘lanishini yana bir bor yodga soldi.
“Yangi-Angren IES” AJda tashkil etilgan Navro‘z bayrami o‘yin-kulgu, quvonch va yuqori kayfiyatga boy tarzda o‘tdi. Bunday tadbirlar jamoa o‘rtasida ahillikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: