“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri aktyorlari tomonidan qo‘yib berilgan spektaklni jamiyatning 200 nafardan ortiq ishchi-xodimi tomosha qildi. Sahnadagi voqealar katta qiziqish, samimiyat va ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi olindi. Aktyorlarning mahoratli ijrosi, ta’sirchan sahna ko‘rinishlari va mazmunli g‘oyalar barchaga unutilmas taassurot bag‘ishladi.

Navro‘z ayyomi hamda Ramazon hayiti munosabati bilan tashkil etilgan ushbu madaniy tadbir jamoadagi birdamlikni yanada mustahkamlab, har bir ishtirokchiga ko‘tarinki ruh va ilhom baxsh etdi.

Print Friendly, PDF & Email