🌷Ayni kunlarda yurtimizda bahorning fayzu tarovati ufurib, Navro‘z shukuhi kezib yurdi.Butun respublikamiz bo‘ylab Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sumalak sayllari o‘tkazildi.

💐Shu tantanali tadbirlar doirasida “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida Navro‘z bayrami nishonlandi.

Ko‘p ming yillik milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan qutlug‘ ayyomni munosib nishonlash, xodimlarning xalqona anʼanalarimizga hamda badiiy adabiyotga muhabbatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Print Friendly, PDF & Email