🔉“HET” AJ Xorazm filiali mehnat jamoasi konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada 2025–2027-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Unda mehnat jamoasi manfaatlarini himoya…
Mazkur sayohat davomida ishtirokchilar buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning bunyodkorlik ishlari hamda temuriylar davriga oid muqaddas qadamjolar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, ular Amir Temur maqbarasi (Gur-e Amir), Registon maydoni hamda Shohi Zinda majmuasi kabi tarixiy obidalarni ziyorat qildilar.
Tashrif davomida xodimlar uchun madaniy hordiq chiqarish, jamoaviy muhitni mustahkamlash va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning tariximizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoada birdamlikni kuchaytirish, xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish hamda ularni milliy merosimiz ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Spelling error report
The following text will be sent to our editors: