“Muborak GQIZ” ishchi-xodimlari uchun 2026 yilning 10-aprel kuni  Samarqand shaxriga sayoxat tashkil qilindi. Sayohatning ilk maskani “Go‘ri Amir” maqbarasiga tashrif amalga oshirildi. Mazkur tarixiy obida buyuk sarkarda Amir Temurning maqbarasi sifatida yurtimizning eng muhim me’moriy va madaniy meros obyektlaridan biri hisoblanadi. Tashrif davomida ishchi-xodimlarimiz majmuaning boy tarixi, o‘ziga xos me’morchilik uslubi hamda Temuriylar davriga oid qimmatli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Sayohat yakunida ishchi-xodimlarimiz Samarqand shaxridagi “Imom al-Buxoriy” majmuasiga tashrif buyurib, u yerda “Imom al-Buxoriy qabrini” ziyorat qildilar. Korxonamiz ishchi-xodimlari tomonidan ushbu sayoxatni tashkillashtirgan “O‘zbekneftgaz” AJ raxbariyati, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tishdi.

Print Friendly, PDF & Email