Farg‘ona shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan kitobxonlik festivalida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ yoshlari ham faol ishtirok etdi.

Festival davomida yoshlar kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning tafakkur va dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ham yoshlarning ma’naviy kamoloti va mutolaaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xodimlarga kitoblar sovg‘a qilindi. Taqdim etilgan kitoblar korxona yoshlari uchun munosib tuhfa bo‘lib, ularni yanada ko‘proq o‘qish va izlanishga undaydi.

Festival doirasida tashkil etilgan kitob savdo yarmarkasi, “Mutolaa fest”, “Ibrat debat” hamda jadidlar hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari korxona yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bilim va tafakkurini boyitish, ularda kitobga mehr va yuksak ma’naviyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Print Friendly, PDF & Email