KONCHILAR MEHNATIGA YUKSAK EHTIROM
15-may kuni Oʻzbekkoʻmir aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ilg‘or konchilar, mehnat faxriylari, jamiyat rahbariyati va kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.
Angren shahri hokimi Alisher Rayimov angrenlik konchilarning fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib, Oʻzbekkoʻmir respublika iqtisodiyoti va aholini mahalliy ko‘mir bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, sohaning bir qator mas’ullari tomonidan mehnat faxriylari va ishchi-xodimlarga bayram tabriklari yo‘llandi.
Tadbir davomida bir guruh ilg‘or xodimlar faxriy yorliq, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Koplab‘ konchilar “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.
Bayram tadbiri taniqli xonanda Ahror Usmonov ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: