Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
Zamonaviy jamiyatda oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda “O‘zenergosozlash” MChJda xotin-qizlar ishtirokida “Oila muqaddas” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida oiladagi o‘zaro hurmat va ishonch, farzand tarbiyasidagi ota-onaning mas’uliyati, oilaviy muhitning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda milliy qadriyatlarning ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan bugungi kunda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan davra suhbatida xotin-qizlar o‘z fikr-mulohazalari, hayotiy tajribalari hamda oiladagi mehr-oqibatni mustahkamlash borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir davomida oilada sog‘lom muhit yaratish, o‘zaro tushunish va mehr-muhabbatni qadrlash har bir insonning muhim burchi ekani ta’kidlandi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamoada ahillikni mustahkamlash, xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish hamda oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
So’ngi yillarda mamlakatimizni demokratlashtirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: