AJDODLAR TUTGAN YO‘LI – AVLODLARGA O‘RNAK
🔉“IES” AJda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati…
Bugun, 6-iyun kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan Jamiyat hamda tizim tashkiloti “Binolardan foydalanish direksiyasi” xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga uyushtirildi.
Ushbu sayohat nafaqat madaniy hordiq, balki maʼnaviy kamolot sari yo‘naltirilgan o‘ziga xos sayohat bo‘lib, ishtirokchilarga yurtimizda shakllangan boy tarixiy meros va islom sivilizatsiyasining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan o‘rnini yana-da chuqur anglash imkonini berdi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Islom madaniyati va maʼnaviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan betakror eksponatlar ekspozitsiyasi, noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar hamda zamonaviy muzey texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birga, markazning noyob va o‘ziga xos arxitektura yechimlari ham ularda katta taassurot qoldirdi.










Spelling error report
The following text will be sent to our editors: