“Tolimarjon IES” AJda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
“Tolimarjon IES” AJda xodimlar va yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, ularni turli yot g‘oyalar hamda axborot tahdidlaridan himoya qilish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimligi mutasaddilari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida bugungi globallashuv davrida yoshlarning ong-u tafakkurini yuksaltirish, ularda Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, internet tarmog‘ida tarqalayotgan zararli axborotlarning salbiy ta’siri hamda ulardan himoyalanish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mutaxassislar o‘z chiqishlarida jaholat va mutaassiblikning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ma’rifatning esa inson kamoloti va ijtimoiy rivojlanishdagi muhim o‘rniga alohida e’tibor qaratdilar. Tadbirda ma’naviy immunitetni kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar orasida sog‘lom dunyoqarashni qaror toptirish hamda ma’rifiy targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish dolzarb vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Mazkur uchrashuv xodimlarning ma’naviy saviyasini oshirish, ma’rifat va ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etish borasidagi ishlar samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: