Yoshlar kuni munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi!
Yoshlar kuni munosabati bilan «UNG Intellektual Yoshlar Markazi» da Buxoro viloyati drama teatri san’atkorlari tomonidan «Qirmizi olma» nomli sahna asari namoyish etildi.
Tadbirda «O‘zbekneftgaz AJ» rahbariyati hamda yoshlar ishtirok etdi. Sahna asari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, milliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarini yoritib berdi.
Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning madaniyat va san’atga bo’lgan qiziqishini oshirish hamda mazmunli hordiq chiqarishlariga xizmat qildi. Yoshlar kuni doirasida o’tkazilgan bunday uchrashuvlar yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: