“O‘zenergosozlash” korxonasi xodimlari tarixiy maskanlarga sayohat qildilar
11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
Jumladan, “O‘zenergosozlash” korxonasining 20 nafar ishchi-xodimi Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, unda namoyish etilgan boy tarixiy meros, noyob eksponatlar va madaniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, sayohat davomida Hazrati Imom majmuasiga ham tashrif buyurilib, uning tarixiy obidalari va me’moriy merosi bilan tanishish imkoniyati yaratildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: