Surxondaryoda kasaba uyushmalari faollari uchun targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 19 noyabrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan kasaba uyushmasi xodimlarining ilmiy-siyosiy bilimlarini kengaytirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Uchrashuvda Respublika Kengashining Surxondaryo viloyatida joylashgan korxona va tashkilotlarning kasaba uyushmasi raislari va faollari ishtirok etishdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17 oktyabrda kasaba uyushmalari faxriylari va raislari bilan o‘tkazgan uchrashuvi hamda “11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan yo‘llagan tabrigi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratildi.
Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyida belgilangan ustuvor vazifalar va kelgusida amalga oshiriladigan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari tushuntirildi.
Davra suhbatida kasaba uyushmalarining xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni, mehnat munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek Prezident tomonidan ilgari surilgan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq va batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Qizg‘in va ruhlantiruvchi muhitda o‘tgan tadbir savol-javob tarzidagi faol muloqot bilan yanada ahamiyatli va samarali bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashib, taklif va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: