Hududgaz Samarqand» gaz taʼminoti filiali kubogi – 2025 musobaqasining g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali va uning hududiy bo‘limlari ishchi-xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

“Mini futbol» bo‘yicha «Hududgaz Samarqand» GTF kubogi–2025” viloyat birinchiligi musobaqasi katta shukuh va g‘ayrat bilan o‘tkazildi.

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

“Urguttumangaz” GTB jamoasi faxrli 1-o‘rinni,

“Samarqandshahargaz” GTB jamoasi ikkinchi o‘rinni,

 “Hududgaz Samarqand” GTF jamoasi esa uchinchi o‘rinni egallab, musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga aylandi.

G‘olib va sovrindor jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Bunday musobaqalar xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

manba: «Hududgaz Samarqand» GTF KUQ

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email