Nodavlat sektorda kasaba uyushmalari faoliyati kengaymoqda

Oʻzbekiston energetika neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan nodavlat sektoriga mansub korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarni kasaba uyushmasiga jalb qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida Kengash tomonidan 16 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlar kasaba uyushmalari xizmati bilan qamrab olindi.

     Chirchiq texnoparkida joylashgan «RHP RHODIUM POLYMER» Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasida 40 nafardan ortiq xodimlar mehnat qilib kelayotgan boʻlib,  kasaba uyushmalarini afzalliklari boʻyicha oʻtkazilgan targʻibot natijasida korxonada kasaba uyushmasi tashkiloti taʼsis etildi.

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email