🏛  O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi apparat xodimlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari muzeyiga tashrif buyurdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida kasaba uyushmalarning tarixi, madaniy merosi va rivojlanish bosqichlarini aks ettiruvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida xodimlarga muzey fondidagi noyob hujjatlar, suratlar va ashyolar haqida ma’lumot berildi hamda ularning jamiyat hayotidagi roli yoritildi.

Print Friendly, PDF & Email