📝2026 yil 10 fevral kuni Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasida «Uzbekneftgaz» Aksiyadorlik Jamiyatining 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2025 yilda bajarilish muhokamasi bo‘yicha mehnat jamoasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📌Konferensiyada Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Ish beruvchi» va Kasaba uyushma qo‘mitasining jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi to‘g‘risida maʼruzalari eshitildi.
📌Ushbu Konferensiyada jamoa shartnomasining bajarilishi, yangi jamoa shartnomasiga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar bildirildi hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Print Friendly, PDF & Email