KASABA UYUSHMASI FAOLIYATI BO‘YICHA YIL SARHISOBI
«Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali tizimidagi Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan kasaba uyushma a’zolari ishtirokida 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Hisobotda o‘tgan yil davomida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish hamda jamoada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va mehnat muhofazasi yo‘nalishida olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Yig‘ilish davomida «Yangiyershahargaz» gaz ta’minoti bo‘limida kasaba uyushmasining 2025-yildagi faoliyati qoniqarli deb baholandi.
Shu bilan birga, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi loyihasi ishtirokchilarga tanishtirildi. Loyiha yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilib, hujjatni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar kiritish tavsiya etildi.
Kun tartibidagi masalalardan yana biri — Hududgaz Sirdaryo gaz ta’minoti filiali mehnat jamoasi konferensiyasiga delegatlar saylash masalasi bo‘ldi. Ochiq va oshkora tarzda o‘tkazilgan saylov jarayonida munosib nomzodlar delegat etib saylandi.
Yig‘ilish yakunida kasaba uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini samarali tashkil etish hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: