«O‘ztransgaz» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi B.Boboxonov, Kasaba uyushma qo‘mitasi faollari ishtirokida o‘tgan tadbirni Ijroiya apparati Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi L.Sharipova kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbirda qo‘mita tomonidan Jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yuzasidan axborot berildi. Hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar aks etgan videorolik namoyish etildi. Qo‘mitaning moliyaviy hisoboti o‘qib eshittirildi. Yig‘ilish delegatlarining savollariga tegishli javoblar qaytarildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan Kasaba uyushma qo‘mitasining 2025-yilgi ish faoliyati qoniqarli deb baholandi.
O‘zaro muloqotlar tarzida o‘tgan samimiy suhbat yakunida 2026-yil davomida ishchi xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirish rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi. Bu borada bildiriladigan yangi takliflar imkoniyatdan kelib chiqqan holda qo‘llab-quvvatlanishi taʼkidlandi.

Print Friendly, PDF & Email