“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan xotin-qizlar ishtirokida sport tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida shaxmat, shashka hamda darts o‘yinlari bo‘yicha qiziqarli musobaqalar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z mahorati va chaqqonligini namoyon etdilar.

Bayramona ruhda o‘tgan musobaqalarda faol qatnashgan xotin-qizlar o‘rtasida do‘stona muhit hukm surdi. Tadbir yakunida filial ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlar Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlanib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbir jamoada ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email