“Uz Kor-Gas Chemical” QK MCHJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda korxona rahbariyati tashabbusi bilan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan korxonaning bir guruh xotin-qizlari uchun Qirqqiz – Nukus – Xiva yo‘nalishi bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Ushbu sayohat davomida ayollar qadimiy va betakror Xiva shahrining tarixiy obidalari hamda diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Sayohat davomida:
✨ Eshon-qal’a – qadimiy shahar ichidagi tarixiy qo‘rg‘on,
✨ Kalta Minora – Muhammad Aminxon tomonidan qurilishi boshlangan, o‘ziga xos havorang koshinlari bilan ajralib turuvchi mashhur minora,
✨ Arda Xiva – zamonaviy turistik majmua va xalqaro turizm markazi bilan tanishdilar.

Bu sayohat ayollar uchun nafaqat mazmunli hordiq, balki tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishish, unutilmas taassurotlar olish imkonini ham berdi.

Print Friendly, PDF & Email