O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi majlislar zalida xodimlarining ilmiy-siyosiy bilimlarini kengaytirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
2025 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi majlislar zalida xodimlarining ilmiy-siyosiy bilimlarini kengaytirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 oktyabrda kasaba uyushmalari faxriylari va faollari bilan o‘tkazgan muloqoti, shuningdek “11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Prezidentimizning kasaba uyushmalari faollariga yo‘llagan tabrigi mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishga qaratildi. Tadbir davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyida belgilangan vazifalar, jumladan xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ish beruvchilar bilan samarali muloqotni kuchaytirish, jamoa shartnomalari va tarmoq kelishuvlari ijrosini ta’minlash borasidagi muhim yo‘nalishlarni amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir mobaynida kasaba uyushmalarining jamiyat hayotidagi o‘rni, xodimlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yangi mexanizmlar, mehnat muhofazasi va ish o‘rinlarida xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha amaliy choralar keng yoritib berildi.
Ishtirokchilar xodimlar uchun qulay sharoit yaratish va nazorat tizimlarining samaradorligini oshirish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
Tadbir savol-javob tarzidagi faol muloqot ruhida o‘tdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: