“Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida O‘QUV-SEMINAR hamda Mehnat muhofazasida Jamoa shartnomasining roli to‘g‘risida TARG‘IBOT o‘tkazildi.
💥 “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida joriy yilning 17 mart kuni “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda tuman va shahar gaz ta’minoti bo‘limlari kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandislar hamda mehnat muxofazasi bo‘yicha vakillar faol ishtirok etdilar.
💥 Seminarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyat Kengashi mehnat texnik inspektori I. Jabborov olib bordi. “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar tushuntirib berildi. Shuningdek, 2025-yil 24-dekabrdagi 819-sonli qaror asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida joriy etilgan yangi nizomlar, jumladan, xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish, bilimini tekshirish va malakasini oshirish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💥 Seminar yakunida Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi Q.Xasanov tomonidan yig‘ilish ishtirokchilarini amaldagi Jamoa shartnomasining Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi bilan tanishtirib, mehnat muhofazasi bo‘yicha xavfsizlik texnikasi, amaldagi qoidalar va me’yorlarga amal qilish, ushbu bo‘lim bo‘yicha xodimlarga belgilangan imtiyozlar, ulardan foydalanish huquqlari, xodimlarga yaratilishi lozim bo‘lgan xavfsiz shart-sharoitlar, mehnat muhofazasida Jamoa shartnomasining roli haqida targ‘ibot va tushunchalar berib o‘tdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: