Atrofimizda yordamga muhtoj, ko‘ngli yarim yoki keksalik gashtini surayotgan nuroniylar bor. Ularga qo‘l uzatish, holidan xabar olish va ma’naviy quvvat berish har birimizning nafaqat insoniylik, balki muqaddas burchimizdir.

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi rahbariyati va boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar oldi.

Ushbu tashabbus doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani, “Olimlar” mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar, bemorlar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar yo‘qlandi. Ularning yashash sharoitlari bilan tanishilib, kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Bunday tadbirlar jamiyatimizda oqibat va mehr rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, bir og‘iz shirin so‘z va ko‘rsatilgan e’tibor qalblarga quvonch, xonadonlarga iliqlik olib kiradi.

Print Friendly, PDF & Email