“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bayram tadbirlari tashkil qilindi.

Tadbirlar “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilib, unda jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etmoqda. Bayram doirasida turli madaniy-ma’naviy, ko‘ngilochar hamda sport tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirlar orqali borliqning uyg‘onishi, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona-zaminga mehr va e’tibor kabi qadriyatlar targ‘ib etilmoqda.

Bugun erta tongdan jamiyat markaziy apparatida turli sport musobaqalari va milliy o‘yinlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, xodimlar arqon tortish, shaxmat, stol tennisi, shashka, shuningdek, milliy o‘yinlar – “Oq terak”, “Beshtosh” kabi bellashuvlarda o‘zlarini sinab ko‘rdilar.

Bayram dasturi doirasida, shuningdek, an’anaviy milliy taom – sumalak tayyorlanib, kuy-qo‘shiqlar yangradi. Ularda Vatan, ota-ona va yurtga bo‘lgan muhabbat tarannum etildi.

Print Friendly, PDF & Email