“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialida mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan “Jamoa shartnomasi”ning 2025 yildagi bajarilishi yakunlari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, xodimlarning ijtimoiy himoyasi, mehnat sharoitlarini yaxshilash va rag‘batlantirish choralari yuzasidan erishilgan natijalar alohida ta’kidlani, kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar belgilandi.

Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Xurshid Xalilov ishtirok etib, xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi o’rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yig‘ilish yakunida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan “Jamoa shartnomasi” qabul qilinib, uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Print Friendly, PDF & Email