🌙✨ Mehr, qadriyat va birdamlik uyg‘unlashgan fayzli onlar
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida Navro‘zning yangilanish ruhi va muborak Ramazon oyining sabr, saxovat hamda shukronalik fazilatlari uyg‘unlashgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu ezgu tashabbus doirasida:
— jamiyatda insonparvarlik, mehr-oqibat va birdamlik g‘oyalari keng targ‘ib qilinib, xalqimiz hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar yanada chuqurroq his etildi;
— ayniqsa, keksalar, faxriylar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olinib, saxovat va muruvvat an’analari amalda namoyon etildi;
— “Yashil makon” g‘oyalari asosida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi;
— bayramona ruhda sport musobaqalari va xalq o‘yinlari orqali jamoada sog‘lom muhit mustahkamlandi.
Tadbir davomida ro‘zadorlar uchun dildan tayyorlangan iftorlik dasturxoni yozilib, u nafaqat noz-ne’matlar, balki samimiyat, hurmat va qalb iliqligi bilan bezatildi. Jamoa a’zolari bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, o‘zaro mehr-oqibat va ezgu niyatlarini yanada mustahkamlashdi.
🌿 Bunday fayzli lahzalar qalblarga iliqlik ulashib, jamoadagi ahillik va hamjihatlikni mustahkamlaydi. Yangilanish va poklanish ayyomida qilingan har bir ezgu amal barchamizga baraka va saodat olib kelsin!


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: