Xorazm viloyati hokimligi tomonidan 2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan erkaklar o‘rtasida sportning arqon tortish turi bo‘yicha viloyatdagi boshqarma, idora va tashkilotlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali jamoasi yuksak mahorat, jipslik va matonat namunasini ko‘rsatib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Mazkur yorqin g‘alaba jamoaning hamjihatligi, kuchli irodasi va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishining yaqqol ifodasidir. Ushbu muvaffaqiyat evaziga jamoa 1-darajali diplom bilan va qimmatbaho savg’a bilan munosib taqdirlandi.

Bu yutuq nafaqat jamoa, balki butun tizim sharafini yuksaltirib, kelgusidagi yangi zafarlar uchun mustahkam zamin yaratadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali jamoasini ushbu ulkan g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz!

Print Friendly, PDF & Email