Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi Xotin-qizlar kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kengash tomonidan oʻtgan 2025-yil hamda 2026-yil I choragida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokamalar hamda kengash aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan soʻng amalga oshirilgan ishlar ishtirokchilarning koʻpchilik ovozi bilan maʼqullandi.

Tadbirda shuningdek tashkiliy masala ham koʻrib chiqildi. Xotin-qizlar kengashining yangi raisi xotin-qizlarning koʻpchilik ovozi bilan saylandi.

Yangi saylangan kengash raisi zimmasiga joriy yilda xotin-qizlarning tengligini taʼminlash, ularning mehnatga oid huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularning faolligini oshirish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularni madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlariga kengroq jalb qilish boʻyicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vazifalar yuklandi.

Print Friendly, PDF & Email