Bayram munosabati bilan tsexda turli sport va madaniy tadbirlar tashkil etilib, unda 4 ta brigada o‘zaro bellashdi. Musobaqalar dasturi qiziqarli va rang-barang bo‘lib, ishtirokchilar shashka, darts, arqon tortish, estafeta, qo‘l kurashi va futbol yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Bellashuvlar murosasiz va qizg‘in kurashlarga boy bo‘lib, jamoalar o‘zaro hamjihatlik, kuch va chaqqonlikni namoyon etdilar. Ayniqsa, arqon tortish va futbol musobaqalari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindor brigadalar aniqlanib, ular korxona kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Bayram davomida milliy qadriyatlar ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Fayzli dasturxon yozilib, turli tansiq taomlar tayyorlandi. Hamkasblar bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, samimiy suhbatlar qurishdi va Navro‘zga xos iliqlik hamda mehr-muhabbat muhitini his etdilar.

Mazkur tadbir jamoada ahillikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va milliy an’analarni qadrlashga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email