Toshkent issiqlik elektr markazida konferensiya o‘tkazildi
Toshkent issiqlik elektr markazida kasaba uyushmasining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining…
Gazli NGQCh boshqarmasi ishchi-xodimlari ishtirokida mazkur sana munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Temuriylar sulolasiga bag’ishlangan intellektual oʻyinlar boʻlib oʻtdi hamda tarix sahifalarida o‘chmas iz qoldirgan, kuchli iroda, yuksak tafakkur va adolat timsoli bo‘lgan buyuk ajdodimiz yod etildi.






📚 Sohibqiron Amir Temur nafaqat zabardast qo‘mondon, balki ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlikni qo‘llab-quvvatlagan ulug‘ siymo sifatida ham jahon tarixida alohida o‘rin egallagan.
⚖️ Uning “Kuch – adolatda” degan hikmati bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, har birimizni halollik, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida yashashga undaydi.
🌟 Sohibqiron xotirasi qalbimizda mangu yashaydi. Uning boy merosi biz uchun doimo ilhom, g‘urur va ibrat manbai bo‘lib qoladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: