✅ Joriy yilning 31-may kuni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan“O‘zbekgidroenergo” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan Ijro apparati xodimlarining farzandlari hamda jajji nabiralari uchun Yoshlar ijod saroyida namoyish etilgan “O‘yinchoqlar sarguzashti” nomli musiqiy-interaktiv shou dasturiga chiptalar taqdim etildi.
🔵 Bayram arafasida tashkil etilgan mazkur madaniy tadbir bolajonlarga unutilmas quvonch ulashdi. Rang-barang sahna bezaklari, zamonaviy multfilm qahramonlari, qiziqarli sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va interaktiv o‘yinlarga boy dastur kichkintoylarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Bolalar sevimli qahramonlari bilan birga quvonchga to‘lib, tadbir davomida o‘zlarini ertaklar olamida his etdilar.
🔵 Shou dasturi davomida bolajonlarning yuzidagi tabassum, samimiy hayajon va beg‘ubor quvonch bayramning eng yorqin lahzalariga aylandi. Ular uchun yaratilgan iliq va do‘stona muhit tadbirning yanada mazmunli va esda qolarli o‘tishini ta’minladi.

Print Friendly, PDF & Email