«O‘zatom» agentligida «Rahbar kubogi» sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
«O‘zatom» agentligida an’anaviy «Rahbar kubogi» sport musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbirda Agentlik markaziy apparati, AES qurilishi direksiyasi va «MMFI» MTYAU Toshkent filiali xodimlari ishtirok etdi.
Musobaqa atom sanoati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish va korporativ ruhni, jamoaviy hamjihatlik va do‘stlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Ishtirokchilar sportning uch turi: mini-futbol, stol tennisi va shashka bo‘yicha bellashdilar. Barcha uchrashuvlar ochiqlik tamoyili va sog‘lom raqobat, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hamda yuqori sport kayfiyati muhitida o‘tdi. Sportchilar nafaqat a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarlik va mahorat, balki haqiqiy jamoaviy birdamlik, g‘alabaga bo‘lgan iroda va raqibga hurmatni ham namoyish etdilar.
«»Rahbar kubogi» sport musobaqalari sog‘lom turmush tarzi va jamoaviy ruhga umumiy sodiqligimizning yorqin namunasidir. Barcha ishtirokchilar va g‘oliblarni samimiy tabriklayman! Bunday tadbirlar nafaqat xodimlarning jismoniy salomatligini mustahkamlaydi, balki eng murakkab vazifalarni samarali hal qila oladigan jipslashgan, g‘ayratli jamoani shakllantirishga ham xizmat qiladi. Biz «O‘zatom» tizimida bunday tashabbuslarni bundan keyin ham faol qo‘llab-quvvatlaymiz.» – deya ta’kidladi «O‘zatom» agentligi direktori o‘rinbosari Nozim Muksinov.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: