“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan 2026 yil 09 iyun kuni NARPAYTUMANGAZ GTBmi ishchi xodimlariga jamoa shartnomasiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

✅Tadbir davomida “Hududgazta’minot” AJning 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan asosiy bo‘lim va bandlar, shuningdek ilovalarda ko‘zda tutilgan muhim yo‘nalishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

👨‍💼Shu bilan birga, xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, yoz mavsumi davrida ishchi xodimlarning farzandlarining bolalar oromgohida dam olishni tashkil etish, mehnat muhofazasi talablariga rioya etish, mehnat shartnomasini buzish bilan bog‘liq huquqiy oqibatlar, ichki mehnat tartib-qoidalari hamda korrupsiyaning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Print Friendly, PDF & Email