Yosh avlodning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Shu maqsadda 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning 10-iyun kuni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati hamda tizim korxonalari yoshlari uchun Toshkent shahridagi Prokuratura tarixi muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tashrif
tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.

Tashrifda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, Toshkent IEM, Toshkent issiqlik markazi hamda “O‘zenergosozlash” korxonalari yoshlari ishtirok etdi. Muzey ekskursiyasi davomida qatnashchilar prokuratura organlarining shakllanish va rivojlanish tarixi, mamlakat huquqiy tizimi taraqqiyoti hamda qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga oid noyob eksponatlar bilan tanishdilar.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarda tarixiy xotirani asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email