Milliy liboslar – xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan bebaho ma’naviy merosdir. Har bir naqsh, rang va bezakda xalqimizning o‘ziga xos dunyoqarashi va qadriyatlari aks etadi.

Milliy liboslarni asrab-avaylash, ularni keng targ‘ib etish va yosh avlodga yetkazish – milliy o‘zligimizni mustahkamlashning muhim omillaridan biridir. Ayniqsa, bugungi kunda milliy kiyimlarni kundalik hayotda, turli bayram va tadbirlarda namoyish etish xalqimizning boy madaniyatiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirmoqda.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida haftaning har payshanba kuni – milliy liboslar targ‘iboti kuni sifatida belgilangan.

Korxona Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi O.Shukurova tashabbusi bilan navbatdagi targ‘ibot kunida Karmana tumanidagi Axborot-kutubxona markaziga tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida markaz mas’ullari tomonidan jamiyatda va oilada xotin qizlarning o‘rni haqida ma’ruza qilindi, davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Axborot-kutubxona markazi bilan bundan keyingi hamkorlik faoliyati haqida ham so‘z yuritildi.

Print Friendly, PDF & Email