Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda ishchi-xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil…
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Farg‘ona IEM” filialida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida korxona hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, atrof-muhitni toza saqlash, shuningdek, yashil hududlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, korxona xodimlari tomonidan hududdagi daraxt va butalar parvarish qilinib, yashil maydonlar tartibga keltirilmoqda. Yo‘laklar, ish joylari hamda umumiy foydalanish hududlarida tozalash va obodonlashtirish ishlari ham izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus korxona hududining obodligi va ko‘rkamligini ta’minlash bilan birga, jamoada hamjihatlik, mehr-oqibat va yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.










Spelling error report
The following text will be sent to our editors: