Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan hamkorlikda xodimlar ishtirokida mazmunli suhbat boʻlib oʻtdi. Suhbat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parvoz chogʻida suyukli nabirasi Shavkatbekka yozgan maktubiga bagʻishlandi. Ushbu maktub boboning nabirasiga yoʻllagan samimiy murojaatigina emas. Bu har bir oilaga va Oʻzbekistonning barcha bolalariga qaratilgan, Vatanga muhabbat, ilm va vaqtning qadri, iroda kuchi va insoniylik haqidagi chaqiriqdir.
Xodimlar ushbu soʻzlar zavod mehnat jamoasiga ayniqsa yaqin ekanini taʼkidladilar. Zero, har birimiz ota yoki ona, bobo yoki buvi sifatida farzandlarimiz bilimli, mehnatsevar va Vataniga sadoqatli boʻlib ulgʻayishini istaymiz. BNQIZ har bir xodimining halol mehnati esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissamizdir.
💬 Suhbat iliq va samimiy muhitda oʻtdi. Hamkasblar bolalik xotiralari bilan oʻrtoqlashdi, farzand va nabiralar tarbiyasi, inson hayotida oila va mehnatning oʻrni haqida fikr bildirdi. Ushbu hikmatli oʻgitlar biz va farzandlarimiz uchun yoʻlchi yulduz boʻlsin!
2025-yilning 1-noyabr kuni poytaxtimizdagi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari saroyida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyi boʻlib…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: