Uşbu yig’ilişda muhim hayotiy saboqlarni özida mujassam etgan bir voqea haqida fikr yuritdik. Yaqinda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat taşrifi bilan ketayotgan vaqtida, samolyot bortida nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubi keng jamoatçilik e’tiboriga havola etildi.

Uşbu maktub oddiygina bobo va nabira örtasidagi suhbat emas, balki unda yoş avlod tarbiyasi, ilm olish, vaqtni qadrlaş, mehnatsevarlik, insoniy fazilatlar va Vatan oldidagi mas’uliyat kabi muhim masalalar öz ifodasini topgan.
Maktubning yozilişiga nabirasining: «Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?» degan savoli sabab bölgan.

Prezidentimiz uşbu savolga javob berar ekanlar, öz zimmalaridagi mas’uliyat nafaqat bir oilaning, balki millionlab yurtdoşlarimiz, ayniqsa, yoş avlodning kelajagi haqida qayg‘uriş ekanini ta’kidlaydilar.

Bu fikrdan har birimiz özimiz uchun muhim xulosa çiqarişimiz lozim.
Çunki inson qaysi lavozimda yoki qaysi kasbda işlaşidan qat’iy nazar, öz zimmasiga yuklatilgan vazifani vijdonan bajarişi, oilasi, jamoasi va jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilişi kerak.

Print Friendly, PDF & Email