“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialida shaxmat va shashka sport musobaqasi
✅ “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialida shaxmat va shashka sport musobaqasi o‘tkazildi.💫 Inson salomatligi va…
Hududgazta’minot»AJ BKUQ ning yurtimizda havo xaroratining keskin pasayib, sovub ketishi sababli 2023 yil 12 dekabrdagi topshirig‘iga asosan sovuq ob-havo sharoitida ishlovchi xodimlar xolidan xabar olish ishlari olib borildi.

Xususan: «Hududgaz Andijon» GTF kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishchi xodimlar uchun qo‘shimcha sharoit yaratish maqsadida qo‘l-qoplar, termoslarda issiq kofe va choylar tarqatilib xodimlarning ish joylariga borib holidan xabar olindi.
«Hududgaz Samarqand» GTF Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan ishchi xodimlar sovuq ob-havoda sidqidildan mehnat qilayotgan elektr-gaz payvandchi va chilangarlar holidan xabar olindi hamda ularga issiq choy, sendvich va shirinliklar bilan issiq qo‘l-qoplar va termos tarqatildi.


“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali direktorning birinchi o‘rinbosari – bosh muxandisi B.Xalikov hamda Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi rasi Q.Xasanovlar tomonidan “Jizzax-Forish” avtoyo‘l trassasida joylashgan Yangi hayot GRS da o‘rta bosimli gaz quvurida ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida sodir bo‘lgan avariya holatlarini bartaraf etishda ishtirok etayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida issiq choy, shirinliklar olib borilib hollaridan xabar olindi va qo‘lqoplar tarqatildi. Shuningdek, Jizzax shahridagi “Zargarlik” mahallasidagi ko‘p qavatli xonadonlarni isitishga mo‘ljallangan 1-sonli qozonxonani bir me’yorda ishlashini nazorat qilish maqsadida ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, «Hududgaz Sirdaryo» GTF kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ham qurilish bo’limi chilangarlariga issiq qo‘l-qoplar va termoslar tarqatildi. Issiq ichimliklar tashkillashtirildi.







Manba: “Hududgazta’minot” BKUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: