Turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi musobaqa ishtirokchilari taqdirlandilar

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan energetika tizimini rivojlantirish, viloyat aholisi va xalq xo‘jaligini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga qo‘shgan hissasi, shuningdek Turkiy tilli davlatlarning taqsimlash tarmoqlari elektromontyorlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada munosib ishtiroki uchun bir qator xodimlar taqdirlandilar.

⚡Odilov Baxrom Akramovich – Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i,
⚡Begaliyev Behruz Farxod o‘g‘li – Zomin tuman elektr ta’minoti bo‘limi elektromontyori,

xalqaro musobaqadagi faol ishtiroki, yosh xodimlar bilan ishlashdagi tashabbuskorligi, jamoat ishlaridagi jonbozligi va rahbariyat tomonidan yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarib kelayotgani uchun tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Mazkur e’tirof «Hududiy elektr tarmoqlari» tizimidagi faol va fidoyi xodimlarni rag‘batlantirish, yoshlar o‘rtasida davlat siyosatida belgilangan ustuvor vazifalarni keng miqyosda amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Manba: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Jizzax hududiy filiali

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email