YUKSAK MA’NAVIYATLI VA MA’RIFATLI INSONNI – KORRUPSIYA YENGAOLMAYDI
Sirdaryo IES yoqilg‘i transport sexida “Korrupsiya millat va jamiyatni yemiruvchi illatdir” va “Korxona madaniyatini yuksak maʼnaviyat bilan joriy qilamiz” mavzularida targʻibot hamda ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Unda korxona direktorining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, komplayens nazorati yetakchi mutaxassisi va shu kabi mas’ullar ishtirok etishdi.
Ma’naviy targ‘ibot tadbiri davomida, korxona madaniyati, milliy qadriyatlar, jamoa shartnomasi va korrupsiya kabi ko‘plab masalalar yuzasidan mas’ullarning maruzalari tinglandi.
Bu kabi targ‘ibot va tashviqot tadbirlari korxona bo‘ylab o‘tkazilishi belgilangan.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: