🌸“HUDUDGAZ JIZZAX” GTFDA NAVROʻZ SHUKUHI✨
💐 “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida Navroʻz ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 28 mart kuni erta tongdan filial Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, milliy ruh va qadriyatlar uyg‘unlashgan sayl tashkil etildi, ishchi-xodimlarga, faxriylarga va mehmonlarga bayram dasturxoni yozilib, dasturxon sumalak, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara kabi bahoriy taomlar bilan bezatildi.
Navroʻz sayli doirasida:
🔹 Arqon tortish bellashuvlari
🔹 Milliy kurash sport oʻyinlari
🔹 Sumalak sayli
🔹 Osh tortish an’analari
kabi xalqimizning asriy urf-odat va an’analari o‘z ifodasini topdi.
🌺 Bayram xodimlar o‘rtasida birlik, ahillik va ko‘tarinki kayfiyatni yanada mustahkamlab, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni oshirdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: