Xodimlarning madaniy va ma’rifiy bilimlarini oshirish, shuningdek, tarixga boy o‘tmishimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent IEMning bir guruh xodimlari dunyo ahlini hayratga solgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar va uning boy eksponatlari bilan tanishdilar.

Mazkur noyob majmua qariyb 10 gektar hududda joylashgan bo‘lib, binolarning umumiy foydalanish maydoni 50 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bu yerda “O‘zbekiston zaminida islomgacha bo‘lgan davr”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans”, “Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans poydevori” kabi ekspozitsiya zallari mavjud.

Ushbu markazda O‘zbekistonning qadimiy tarixi va sivilizatsiyasiga oid noyob durdonalarni yagona ma’rifiy makonda ko‘rish mumkin. Bu esa o‘zbek xalqining boy intellektual va madaniy salohiyatini yanada teran anglashga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email