To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari S.Egamberdiyev ishtirokida 2025-2027 yillar uchun mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan yillik hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida stansiya tarkibiy bo‘linmalaridan saylangan delegatlar ishtirok etdi. 
Konferensiya kun tartibiga  ko‘ra, Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining Jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi bo‘yicha olib borgan faoliyatlari yakunlari to‘g‘risida hisobotlari, shuningdek hisobot yilida Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ijtimoiy-mehnat komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi. 
Muhokamalardan so‘ng, delegatlar tomonidan Jamoa shartnomasining bajarilishiga oid hisobot tasdiqlandi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatiga ijobiy baho berildi. 
Shu bilan konferensiya o‘z ishini yakunladi

Print Friendly, PDF & Email