“Taxiatosh IES” aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan korxona xodimlarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qadimiy va betakror Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi.

Mazkur sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish hamda milliy qadriyatlarimizni yanada chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar. Diqqatga sazovor tarixiy obidalarni tomosha qilib, ularning boy o‘tmishi va me’moriy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Sayohat davomida xodimlar uchun barcha qulayliklar yaratilib, ularning maroqli dam olishi ta’minlandi. Ta’kidlash joizki, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi bu kabi tizimli ishlar davom etadi.

Print Friendly, PDF & Email