“Baxtshahargaz” bo‘limida seminar-trening tashkil etildi
“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisining 2026-yil 3-apreldagi 70-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida “Baxtshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limida tizim xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur tadbirda filialning tegishli bo‘limlari, jumladan, MROF va KQSAO boʻlimi xodimi va kasaba uyushma qo’mitasi raisi ishtirok etib, o‘z tajribalari asosida tavsiyalar berdilar.
Tadbir davomida iste’molchilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish hamda aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. 2026-2028 yillar uchun qabul qilingan Jamoa shartnomasi kasaba uyushma qo’mitasi raisi tomonidan tanishtirildi. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning kasbiy etika, odob-axloq me’yorlari va muomala madaniyatiga rioya etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: