⚡️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari”” filiali rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Qurbon hayiti” bayrami munosabati bilan ishchi-xodimlarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning holidan xabar olish ishlari doimiy ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

🎁 Bayram arafasida oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat moddiy yordam to‘plamlari tizimda mehnat qilayotgan ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar vakillariga, shuningdek, nafaqadagi faxriylarga topshirildi.

🌙 Tadbir davomida fuqarolarning holidan xabar olinib, ularga bayramona kayfiyat va mehr ulashildi.

Print Friendly, PDF & Email